jins

Uztransgaz

21.12.2024



Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasidagi 5-gaz siquv kompressor stansiyasining B sexi tabiiy gazni yer ostida saqlash inshootidan tortib olishga xizmat qiladi. Bu jarayonda agregatlar doimiy soz holatda va to‘la quvvat bilan ishlashi zaruriy shart hisoblanadi. 

Joriy yil qish davrida samaradorlikni oshirish maqsadida mazkur sexga "DU-80L1" rusumli yangi dvigatel olib kelib o‘rnatildi.  Dvigatelni ishga tushirishdek mas'uliyatli  jarayon esa "O‘ztransgaz"AJ rahbariyatining bevosita nazorati ostida amalga oshirildi. 

Bu tadbir natijasida  gazni yer ostida saqlash inshootidan reja asosida gaz olishning ishonchliligi ta'minlanadi.

Возврат к списку