Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Uztransgaz
07.08.2025
“O‘ztransgaz” AJ tarkibidagi Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasida “Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda rahbar xodimlar, qo‘riqlash xizmati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hamkorlikda obyekt xavfsizligini ta’minlash, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishda harakati” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur mashg‘ulotlar “O‘ztransgaz” AJ mas'ullari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy bo‘linmalari, qo‘riqlash xizmati vakillari, boshqarma rahbar xodimlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari ishtirokida tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi – tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda hamkorlikda harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, favqulodda holatlarda tezkor va samarali chora-tadbirlar ko‘rish, obyekt xavfsizligini ta’minlash hamda inson salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda holat ssenariysi asosida amaliy harakatlar namoyish etildi. Ishtirokchilarning o‘zaro hamkorlikdagi tezkorligi, aniqligi hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi yuqori baholandi.