Gazli Magistral gaz quvurlari boshqarmasida maxsus o‘quv-taktik mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi
Uztransgaz
06.06.2022
Ishchi-xodimlarning tasodifiy vaziyatlarda harakat qilishlarini sinovchi mashg‘ulotlar mutaxassislar tomonidan mavjud meʼyorlar doirasida baholab borildi.

Amaliyot davomida - favqulodda holat yuz berganda ishlab chiqarish dispetcherlik xizmatining xabar berishi, GSS-5 obyektida yer qimirlashi natijasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlarini bartaraf etish uchun harakatlanish, gaz uzatish quvurlarida avariyalar yuz bergan taqdirda jabrlanganlarni qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarish, gaz uzatish inshootida qo‘riqlanayotgan obyekt hududiga qilingan hujumni bartaraf etish vaqtidagi harakatlari va boshqalar amalga oshirildi.

Mashg‘ulotlar natijasiga ko‘ra, Gazli MGQB xodimlari "favqulodda holatlarda harakat qilishga tayyor" - deb baholandi.