jins

Uztransgaz

08.12.2024

Ma'lumki qish-qirovli kunlarda elektr ta'minoti tizimida texnik nosozliklar tufayli favqulodda uzilishlar yuzaga kelishi ehtimoldan holi emas. Gazli MGQBda shu kabi holatlarda gaz uzatish tizimining to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida zahira elektr stansiyasi o‘rnatildi va montaj ishlari yakunlandi. "O‘ztransgaz" AJ rahbariyati mazkur jarayonni bevosita nazorat qildi va zarur tavsiyalar berdi.

Elektr stansiya uchun yoqilg‘i gaz quvuri tortildi. Stansiyasining kuchlanishini ko‘tarib berish maqsadida quvvati 2500 kVa 6/10 kV  kuchaytiruvchi transformatorgacha hamda transformatordan stansiyagacha kabeller o‘rnatilib ishga tushirildi. "PAES-2500" stansiyasida barcha texnik tadbirlar bajarib bo‘lingach sinov tariqasida ma'lum muddat ishlatib ko‘rildi va zahiraga o‘chirildi.

Mazkur stansiya tabiiy gaz bilan ishlashi hisobiga ancha tejamkor va samarali hisoblanadi. Qishgi mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan bu tadbir tasodifiy to‘xtalishlarning oldini olish va tabiiy gaz uzatish barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Возврат к списку