jins

Uztransgaz

29.10.2024



Xabar berilganidek, (https://t.me/uztransgazaj_info/3967) Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasida zamonaviy oqimli gaz xromatograflari o‘rnatilgan edi. Ayni paytda oqimli xromatograflarga boshqarma kimyo laboratoriyasining xodimlari xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shu kunlarda kimyo laboratoriyasining xromatografiga zamonaviy talablarga javob beradigan  yangi dastur o‘rnatildi. Bu esa o‘ziga xos yangilik sifatida eʼtiborli. Shu kunlarda laboratoriya mutaxassislari ushbu dastur bilan ishlash jarayonini o‘zlashtirmoqda. 

Yangi dastur ishga tushishi bilan tabiiy gaz tarkibi va kimyoviy ko‘rsatkichlariga oid haftalik tahlillar boshqarma mutaxassislari tomonidan amalga oshiriadi va bu jamiyat mablag‘larining iqtisod qilinishiga imkon beradi. 

Возврат к списку