Gazli MGQBda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik avjida
Uztransgaz
09.08.2022

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi obektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, elektr va boshqa asbob-uskunalarning ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida DKS-5 “B” sexi, №2 transformator punktida nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Bundan tashqari, “Maxsusenergogaz” xodimlari bilan birgalikda, DKS-5 shinalar to‘plami va yacheykalarini tozalash, elektr qurilmalarini ta’mirlash ishlari olib borildi.

Mazkur amaliyotlar 2022/23-yilgi kuz-qish mavsumida tabiiy gaz yetkazib berish kompressor stansiyalari faoliyatining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi.