Gazli MGQBda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Uztransgaz
23.10.2025
Strategik obyektlarda kuz-qish mavsumida hushyorlik va favqulodda vaziyatlarga shaylik masalalariga eʼtiborni yanada kuchaytirish taqozo etiladi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazib boriladi.
Gazli MGQBda ham maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbir orqali boshqarma fuqaro tuzilmasi hamda ishchi xodimlarni kuz-qish mavsumida 5-gaz siquv kompressor stansiyasi ”B” sexida yuz berishi mumkin bo‘lgan avariya va favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, shuningdek doim shay holatda bo‘lish borasida bilimlari yana sinab ko‘rildi. Mashqlar yakunida mutaxassislar Gazli MGQB fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyor deb baholashdi.