jins

Uztransgaz

07.05.2025


2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli DKS-5B kompressor stansiyasida 200-sonli TKAga DU-80L1 rusumli dvigatel muvaffaqiyatli o‘rnatildi.

Mazkur dvigatel mukammal ta’mirdan so‘ng stansiyaga yetkazib berildi. Uning o‘rnatilishi, sozlanishi va ishga tushirilishi bo‘yicha barcha texnik ishlar zavod mutaxassisi ishtirokida amalga oshirildi.

Mazkur ishlar natijasida kompressor stansiyasining ishga tayyorligi va ishonchliligi oshirilib, kuz-qish mavsumida barqaror gaz uzatish tizimini ta’minlashga muhim hissa qo‘shildi.

Возврат к списку