Gazli MGQBning "D-5" kompressor stansiyasi sexlarida profilaktik tadbirlar va taʼmirlash ishlari amalga oshirilyapti
Uztransgaz
12.04.2022

Gazli MGQBning "D-5" kompressor stansiyasining В-sexi muhim muhandislik inshootlardan biri. Muntazam tartibda ishlovchi mazkur sex shu kunlarda to‘xtab turibdi. Boisi unda reglamentga ko‘ra, profilaktik tadbirlar va taʼmir ishlari amalga oshirilyapti. Mazkur inshootga qish mavsumida kirish bosimi 5 kg/soat bo‘lgani holda, uzatish hajmi bunga nisbatan 10-11 barobar katta ko‘rsatkichlarni tashkil qiladi. Yoz mavsumida esa kirish bosimi kuz-qishdagiga nisbatan 4-5 martaga ortadi, chiqish bosimi esa aksincha pasayadi. Shu kunlarda olib borilayotgan tadbirlar davomida stansiya agregatlari yozgi mavsumda ishlashga muvofiqlashtiriladi. Boshqarmaning muhandis va ishchilari taʼmir ishlarini tez fursatlarda va sifatli yakunlash uchun harakat qilmoqda.

