“Gazli-Nukus” magistral gaz quvuri I tarmog‘ining 22 km qismini rekonstruksiya qilindi
Uztransgaz
14.12.2022
“O‘ztransgaz” AJning 2022-yilda rejalashtirilgan rekonstruksiya dasturiga kiritilgan ushbu rekonstruksiya tadbiri orqali gaz transport tizimida tarmoq o‘tkazuvchanligini yaxshilash, quvurlarni ishonchli va uzluksiz ishlashini taʼminlashga erishildi. Hozirda yangi quvurni tarmoqqa ulash ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.

“Urganchtransgaz” UK tasarrufidagi “Gazli-Nukus” magistral gaz quvuri I tarmog‘ining 21-43 km oralig‘idagi nuqsonli quvurlarni demontaj qilish va stellajga joylash ishlari olib borilmoqda. Kelgusida bu quvurlar sifatiga qarab guruhlarga ajratiladi va yaroqliligiga qarab turli maqsadlarda foydalaniladi.