Gazli–Nukus” magistral gaz quvuri mukammal ta’mirlanmoqda
Uztransgaz
04.11.2025
“Urganchtransgaz” UK tomonidan “Gazli–Nukus” magistral gaz quvurining 1-tarmog‘ida o‘tkazilgan quvur ichki diagnostikasi ishlari natijasiga nuqsonli qismlar aniqlangan edi. Ana shu xulosa asosida mazkur gaz quvuri mukammal ta’mirlanmoqda.
Tadbir davomida 27 200 metr quvurni montaj qilish ishlari yakunlandi. Ayni paytda izolyatsiyalash, quvurlarni transheyaga yotqizish va gidro sinovga tayyorlash jarayonlari bajarilmoqda.
Mukammal ta’mir ishlari natijasida quvur tizimining ishonchliligi va gaz o‘tkazuvchanlik imkoniyatining ortishiga erishiladi.