jins

Uztransgaz

06.10.2022

“Urganchtransgaz” UK tasarrufidagi “Gazli-Nukus” magistral gaz quvuri I tarmog‘ining 21-43 km nuqsonli qismlarini demontaj qilish va yangi quvurlarni o‘rnatish “O‘ztransgaz” AJning 2022-yilgi rekonstruksiya dasturiga kiritilgan edi.

Korxona mutaxassislari tomonidan ushbu magistral gaz quvurining 22 km qismiga yangi gaz quvurlari yotqizildi.

“Transgazinjinering” MCHJ, “Enter Engineering” MCHJ QK hamda “Urganchtransgaz” UK mutaxassislari yangi gaz quvurida gidrosinov ishlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Hozirda quvurni tarmoqqa ulash ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun: 320 kilometrlik Gazli-Nukus magistral gaz quvuri I tarmog‘i 1994-yilda ishga tushirilgan. 1220 mm.lik  tarmoq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati janubiy tumanlaridagi isteʼmolchilar hamda sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish, shuningdek, respublikamiz orqali qo‘shni davlatlarga tabiiy gaz tranziti uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Возврат к списку