jins

Uztransgaz

24.07.2021

Respublikamizda tabiiy gazdan foydalanuvchi iste’molchilar soni ortayotgani qo‘shimcha magistral gaz quvurlarini yotqizish, iste’molchilarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlab turishda muhim bo‘lgan gaz taqsimlash shoxobcha(GTSh)lari qurishni taqozo etadi. 

GTSh soz ishlashini ta’minlash, doimiy kuzatish, muddatini o‘tab bo‘lgan uskunalarni o‘z vaqtida almashtirish, rekonstruktsiya qilish, magistral gaz quvurlarining muhofaza hududiga qo‘yilgan talablar asosida joylashganini nazorat qilish, uskunalarda o‘z vaqtida profilaktika ishlarini amalga oshirish lozim. Bularni xavfsiz olib borish esa, asosan ishchi xodimlarning malaka, bilimiga bog‘liq. 

Shu munosabat bilan “O‘ztransgaz” AJ Personalni boshqarish departamenti “Urganchtransgaz” UK tarkibidagi O‘quv-sog‘lomlashtirish markazi bilan hamkorlikda jamiyat tizimidagi GTSh operatorlarining xavfsiz ish olib borishi bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqdi. Qo‘llanmada GTSh operatorlarining ish faoliyatida zarur ma’lumotlar o‘rin olgan.

Возврат к списку