"O'ztransgaz" AJ modernizatsiya yo'lida
Uztransgaz
10.12.2021

“O‘ztransgaz” AJ o‘z faoliyatini ilg'or texnologiyalari bilan takomillashtirish maqsadida yirik xalqaro auditorlik tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. “O‘ztransgaz” AJ “Osiyo taraqqiyot banki” grant mablag‘lari hisobidan tender savdolari o‘tkazganida xalqaro maqomga ega KPMG kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Hozirda o‘zaro hamkorlik doirasida xalqaro baholash standarlari talabiga asosan Jamiyatda 2018-yil 1-yanvar holatiga mavjud bo‘lgan uzoq muddatli qoldiq aktivlarni qayta baholash, uning haqqoniy bozor qiymatini aniqlash va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari(MHXS)ga muvofiq 2018-2020 yillar uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Shu o‘rinda KPMG haqida ayrim maʼlumotlar
KPMG — auditorlik va professional xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida dunyoga mashhur to‘rtta yirik (“Deloitte, Ernst & Young va PwC) kompaniyaning biridir. Idoraning bosh qarorgohi Niderlandiyaning Amstelven shahrida joylashgan. 1987-yilda ish boshlagan tashkilot hozirga kelib jahonning 146 mamlakatida o‘z ofisiga ega. Auditorlik, soliq va maslahat kabi sohalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.