Hamkorlarimiz
Uztransgaz
16.02.2022

“O‘ztransgaz” AJ va “Gazprom neft” OAJ o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Hamkorlik doirasida raqamlashtirish bo‘yicha “O‘ztransgaz” AJ mutaxassislarining malakasini oshirish ko‘zda tutilgan. Yana bir kelishuvga ko‘ra, tizimni raqamli transformatsiyalash bo‘yicha tajriba almashinuv yo‘lga qo‘yiladi.
Shu o‘rinda kompaniya haqida:
"Gazprom Neft" OAJ - Rossiyaning vertikal integratsiyalashgan kompaniyasi bo‘lib 1995-yilda tashkil etilgan. Asosiy faoliyat turlari neft va gaz konlarini qidirish va o‘zlashtirish, neftni qayta ishlash, neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishdan iborat. Samaradorlik bo‘yicha Rossiya neft sanoatida yetakchilardan biridir. 2020-yilda Gazprom neft korxonalarining xodimlari soni 83 ming nafarga yaqinni tashkil etdi.