jins

Uztransgaz

22.12.2021


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-sonli “Iqtisodiyot va aholini energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft va gaz sanoatini boshqarish tizimini moliyaviy sog'lomlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan "O'ztransgaz” AJ zimmasiga bir necha vazifalar yuklatildi. Jumladan, 2019-yil yakunidan boshlab, moliyaviy hisobotlar majburiy tartibda moliyaviy hisobot yuritishning xalqaro standartlariga muvofiq tuzilishini va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mustaqil tashqi audit o'tkazilishini ta'minlash, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari(MHXS)ni qo'llash hamda har chorakda faoliyatning asosiy yo'nalishlari bo'yicha moliyaviy hisobot tuzish va e'lon qilish belgilangan.
 
Shunga ko'ra, “O'ztransgaz" AJ  moliyaviy hisobotda taqdim etilayotgan axborot ishonchli bo'lishini ta'minlash uchun MHXSni belgilangan prinsiplarga muvofiq yuritish moliyaviy hisobotlarni tuzishda qo'llaniladigan aniq uslublar, asoslar, yo'l qo'yishlar, qoidalar hamda usullar majmui hisoblangan - Hisob siyosati  tuzish uchun Texnik shartlar ishlab chiqildi va tender savdolari o'tkazildi. Savdolarda “Mazars Advisory” MChJ xalqaro kompaniyasi g'olib bo'ldi va ikki tomonlama shartnoma imzolandi. Hozirgi kunda “Hisob siyosatini” tuzish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Mazars’ga 1945-yilda Fransiyada asos solingan. Qariyb 80 yildan buyon kompaniya audit, konsalting, buxgalteriya va huquqiy yo'nalishlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. 

Возврат к списку