"Hammasi joyida bo‘lishi" nazorat ostida...
Uztransgaz
25.01.2023
Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent (DBST) va Sho‘rtan-Sirdaryo yo‘nalishlaridagi 610 km.dan ortiq magistral gaz quvurlariga Samarqand MGQB xizmat ko‘rsatadi. Tarmoq ekspluatasiya xizmatida ishlayotgan 30 nafarga yaqin nazoratchi quvurlar sozligi va betalafot ishlayotganini muntazam nazorat qiladi.

Qishning qahratoni-yu, yozning jaziramasida ochiq havo ostida o‘z vazifasini bajarayotgan nazoratchi tarmoq bo‘ylab yurgan holatda o‘lchov punkti va quvurlarning yer ustidan o‘tgan qismlarini ham tekshiradi. Bunda gaz sizib chiqish holati bor-yo‘qligi, yer ustidan o‘tgan quvurlar tashqi ta'sirga uchramaganiga ishonch hosil qiladi. Biron nosozlik qayd etilganda tegishli xizmatlarga xabar beriladi va tarmoqda favqulodda holatning oldi olinadi.

Suratlarda: DBST gaz quvurining 206-215 km.lari oralig‘ini piyoda yurgan holda gaz analizator yordamida o‘rganish va quvurning ochiq qismlarini tekshirish jarayoni.