Hayotimiz ko‘rki, jamiyat tayanchi va ishonchi bo‘lgan mehnatsevar, fidoyi, zahmatkash opa-singillarimizni har qancha qardlasak oz. Munis onalarimiz sog‘lom va barkamol avlodning tarbiyachilaridir.
Uztransgaz
06.03.2024

Respublikamiz Prezidenti farmoni bilan 2019-yilda taʼsis etilgan “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni jamiyat va davlat hayotida faol hamda tashabbuskor bo‘lib, samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik hamda bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan opa-singillarimizni rag‘batlantirishda muhim omilga aylandi. Ayni paytda ushbu mukofot ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga topshirilmoqda.
Bu yil taqdirlanganlar orasida Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi Namangan taʼmirlash ekspluatatsiya qilish punkti operatori Olga Perunova ham bor. Qariyb 30 yildan buyon “Jumashuy” gaz taqsimlash stansiyasida mehnat qilayotgan Olga Borisovna bu eʼtibordan xursandchiligini yashirmadi.
– Oddiy va kamtarona mehnatimni shunday taqdirlashganidan minnatdorman, sohada qilgan ishimning eʼtirofi bu.