jins

Uztransgaz

29.11.2024


"O‘ztransgaz" AJ ijroiya apparati hamda uning korxona va tashkilotlarida murojaatlar bo‘yicha ishlovchi masʼul xodimlar faoliyati ana shu mezonga qaratilgan. Ular murojaat bilan keluvchilarning muammolarini tinglab, tuyg‘ulariga sherik bo‘ladilar va masalaning yechimini topish uchun vakolatli rahbarlar bilan bog‘lab, masalalarga imkoni boricha yechim topish istagida harakat qilishadi. Bu borada mamlakatimizda mavjud qonunchilik asoslarini ham muntazam o‘rganib, o‘z bilimlarini mustahkamlab borishlari uchun esa qator tadbirlar amalga oshirilyapti. 

Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida o‘tkazilgan seminar-mashg‘ulot ham shu yo‘nalishdagi tadbirlarning navbatdagisi bo‘ldi.  Adliya vazirligi vakillari ishtirok etgan mazkur seminarda "O‘ztransgaz" AJ va tarkibiy tuzilmalarda murojaatlar bilan ishlashga masʼul xodimlarga "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni hamda shu sohaga taalluqli bo‘lgan boshqa qonunlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Возврат к списку