Hurmatli Aleksandr Leonidovich!
05.01.2022

“O‘ztransgaz” AJ jamoasi Sizni tavallud kuningiz, qutlug‘ 60 yoshingiz bilan samimiy muborakbod etadi!
Sizni magistral gaz quvurlari tizimida uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib, ish tajribangiz va bilimingiz bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yetuk mutaxassis va samimiy inson sifatida bilamiz hamda qadrlaymiz.
Tizim “yuragi” hisoblangan dispetcherlik xizmatida turib respublikamiz energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar jarayoniga innovatsion yangiliklarni joriy etish ishlarida o‘z kasbining ustasi sifatida faol ishtirok etayotganligingiz ham eʼtiborli.
Siz bosh dispetcherlikdan to “O‘ztransgaz” AJ Markaziy ishlab chiqarish dispetcherlik departamenti boshlig‘igacha bo‘lgan lavozimlarda sidqi-dildan mehnat qilib, o‘tayotgan har bir kub metr tabiiy gaz hisobini yuritish, yuqori darajadagi aniqlikdagi maʼlumotlarni umumlashtirish va nazorat qilish jarayonida fidoyilik qilayotganingiz tahsinga loyiq.
Hayotingiz davomida amalga oshirayotgan barcha ezgu-harakatlaringiz - professional va ahil jamoada birgalikda mehnat qilayotgan hamkasblaringiz qalbida har doim Siz bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadi.
Qadrli, Aleksandr Leonidovich!
Shunday fayzli kunda Sizni yana bir bor tabriklab, uzoq umr, sihat-salomatlik va kelgusi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
“O‘ztransgaz” AJ rahbariyati,
Birlashgan Kasaba uyushma qo‘mitasi