Hurmatli isteʼmolchilar!
Uztransgaz
18.02.2022
Respublikamizda bir necha kun davomida kuzatilgan sovuq ob-havo sharoitida aholi, isteʼmolchilar va ijtimoiy soha obyektlari, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarni uzluksiz va barqaror tabiiy gaz bilan taʼminlash birlamchi vazifa sanaladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarorining “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”, 7-bob 58-bandi hamda ulgurji va Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risida rasmiylashtirilgan ikki tomonlama shartnoma shartlaridan kelib chiqib, viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy qilinmoqda. Xususan, Farg‘ona vodiysidagi AGTKSHlar 18-fevral soat 14.00 dan 19-fevral soat 06.00 gacha faoliyatini to‘xtatadi.
Hurmatli isteʼmolchilar, vaqtinchalik cheklov choralari havo harorati biroz ko‘tarilgunga qadar davom etadi hamda AGTKSH tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga o‘tishini maʼlum qilamiz.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!