jins

Uztransgaz

22.03.2022

Xabaringiz bor, "O'ztransgaz" AJ tabiiy gazni qazib oluvchi tashkilotlardan olib, magistral gaz quvuriga ulangan iste'molchilarga yetkazib beruvchi operator sanaladi. Ayni vazifani mas'uliyat bilan amalga oshirish, xususan, bayram kunlarida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta'minlash maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan.
                                                 
Shu kunlarda "O'ztransgaz" AJ tizimidagi barcha kompressor stansiyalarining agregatlari va gaz taqsimlash stansiyalari bir maromda ish olib borishi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilyapti. Tunu-kun navbatchilik yo‘lga qoyilgan tizim korxonalari tomonidan strategik ahamiyatga ega korxonalar, aholi va ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy gaz uchun hech qanday cheklov o'rnatilmagan, tabiiy gaz belgilangan limit doirasida bir maromda yetkazib berilmoqda. 
                                       
"O‘ztransgaz" AJ Axborot xizmati ayni paytda jamiyat tomonidan tabiiy gaz shartnomalarda ko‘zda tutilgan hajmlar doirasida hech bir cheklovlarsiz yetkazib berilayotganini ma'lum qiladi.

Возврат к списку