Hurmatli tabiiy gaz iste’molchilari!
Uztransgaz
26.01.2022
Ma’lumot berilganidek, umumtizimda kuzatilgan yirik nosozliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib olish konlari va magistral gaz transport tizimidagi texnologik jarayonlarning uzulishlari sodir bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida gaz ishlab chiqarish va transport qilish hajmining keskin kamayishiga olib keldi.
Tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari kerakli darajaga chiqqunga qadar, sodir bo‘lgan texnogen favqulodda vaziyatni bartaraf qilish maqsadida magistral gaz quvurlarida mavjud bo‘lgan tabiiy gaz resurslari issiqlik elektr stansiyalarini ishga tushirish va aholi xonadonlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlashga yo‘naltirilmoqda. Shu sababdan, magistral gaz tizimini normal holatda ishlashi tiklangunga qadar avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan boshqa iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish qisqa muddatga to‘xtatiladi.
Ishontirib aytish mumkinki, mavjud hamma kuchlar mazkur holatni bartaraf etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tez orada transport tizimining normal holatda ishlash rejimiga qaytish kutilmoqda.
Olib borilayotgan ishlar haqida energetika vazirligi va “O‘ztransgaz” AJ tomonidan muntazam ravishda xabar berib boriladi.
Vaqtinchalik yuzaga kelgan noqulayliklar uchun sizlardan uzr so‘raymiz.
"O‘ztransgaz" AJ Axborot xizmati