jins

Uztransgaz

10.12.2024

I. Nomzodga qoʻyiladigan malakaviy talablar:

1) Oliy maʼlumotga ega boʻlish (diplom mutaxassisligi boʻyicha: moliya va kredit, buxgalteriya va hisob).

2) Yirik davlat korxona faoliyat yuritayotgan sohada ichki audit, buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bogʻliq bir yoki bir nechta boʻlimlarda yoki tashqi auditor lavozimida kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlish. Nomzod auditorlik faoliyati sohasida kamida besh yillik ish tajribasiga ega boʻlish.

3) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar boʻyicha tushunchaga ega boʻlish.

4) Tavakkalchilikka asoslangan ichki audit tamoyillariga ega boʻlish.

5) Xizmat safarlariga tayyor boʻlish.

6) Komplayens-tavakkalchilikni boshqarish nazariyasini bilish.

7) “Katta toʻrtlik” xalqaro audit-konsalting kompaniyalarida ish tajribasiga ega boʻlish hamda “ACCA”, “CFA”, “CPA” “CIA”, “CIPA”, “DipIFR”, “CRM” yoki “FRM” sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlarga afzalliklar beriladi.

II. Nomzoddan quyidagilar talab etiladi:

- ichki audit xizmatining kuzatuv kengashi oldidagi hisobdorligi hamda ijro etuvchi organdan mustaqilligini taʼminlash mexanizmlarini ishlab chiqish;

- bir oy muddatda amaldagi xalqaro standartlarga muvofiq tavakkalchilikka asoslangan ichki auditga oʻtish rejasini ishlab chiqish va kuzatuv kengashiga taqdim etish;

- korxona faoliyatidagi manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, manfaatlar toʻqnashuvini minimallashtirish uchun ichki hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

- tavakkalchilikni boshqarish va komplayens boʻlimlari hamda boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

- aksiyadorlar bilan birgalikda xos biznes jarayonlarni va risklarni aniqlash, tahlil qilish va baholash;

- samarali ichki nazoratni tashkil etish boʻyicha rahbariyatga maslahat berish.

 Rezyume/anketalar 2024-yil 20-dekabrga qadar +998991 013-63-39 telegramga yuborilishi lozim.

Batafsil ma’lumot uchun +(99871) 202-10-60 (404), +998991 013-63-39 telefon (telegram) raqamiga ish kunlari soat 9:00-18:00ga qadar murojaat etish mumkin.


Возврат к списку