IESni tabiiy gaz bilan ta'minlash masalasi muhokama qilindi
Uztransgaz
10.10.2022
Energetika vazirligi, “O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi “Transgazinjiniring” MCHJ rahbariyati, Kapital qurilish va Loyiha-konstruktorlik bo‘limi hamda "ACWA Power Sirdarya" MCHJ masʼullari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda “ACWA Power Sirdarya” tomonidan qurilayotgan quvvati 1500 MVt bo‘lgan Issiqlik elektr stansiyasini tabiiy gaz bilan taʼminlash masalasi muhokama qilindi.
“Transgazinjiniring” MCHJ Loyiha-konstruktorlik bo‘limi yangi qurilayotgan IESni tabiiy gaz bilan taʼminlashni loyihalashtirmoqda.
“Transgazinjiniring” MCHJ direktori boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatiga xizmat safari davomida obyektni foydalanishga topshirish hamda uzluksiz gaz yetkazib berish bilan bog‘liq hal etilishi lozim bo‘lgan qator masalalarni aniqladi. Uchrashuv yakunida asosiy muammolarni bartaraf etish yo‘llari belgilanib, hamkorlikning keyingi bosqichi uchun harakatlar rejasi tuzildi.