jins

Uztransgaz

12.09.2022

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi Behzot Narmatov joriy yil 22 avgust kunidan salomatligini tiklash ta’tilida bo‘lgan. Bu davrda Boshqaruv raisining vazifasini vaqtincha bajarish birinchi o‘rinbosar O‘tkir Nuriddinovga yuklatilgan.
 
Shu muddat oralig‘idagi jamiyat hujjatlari, shu jumladan ommaga tarqalgan buyruq-qaror ham aynan B.Narmatov salomatligini tiklash ta’tilida bo‘lgan davrda, O‘.Nuriddinov tomonidan boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida imzolangan. Bu mazkur buyruq-qarorda ham aks etgan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga asosan “O‘ztransgaz” AJda Jamoa shartnomasi qabul qilingan va ichki lokal normativ hujjat sifatida ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnatga, kasbga, ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat muhofazasiga oid munosabatlarni belgilaydi.

Mazkur jamoa shartnoma shartlarida xodimlar (shu qatorda pensiyaga chiqqanlar)ga qo‘llaniladigan ijtimoiy imtiyoz va kafolatlarni ta’minlash, tizim xodimlariga bayramona kayfiyat ulashish, tizimda xizmat qilib kelayotgan va jamiyatning rivojlanishiga mehnati singgan sobiq xodimlarni qadrlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, “O‘ztransgaz” AJ ish beruvchi sifatida Jamoa shartnomasi shartlarini bajarishni o‘z zimmasiga olganligini inobatga olgan holda Mustaqillik bayrami hamda Neft va gaz sanoati xodimlari kuni munosabati bilan barcha tizim xodimlari rag‘batlantirilgan, pensiyaga chiqqan sobiq xodimlarga esa moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Возврат к списку