jins

Uztransgaz

03.12.2021

O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz sanoatida tub islohotlarni amalga oshirish masalasi ayni paytda kun tartibidagi muhim masalalardan biridir. Keyingi paytlarda Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi qator xalqaro institutlar ko‘magida bu borada kelgusidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.


“O‘ztransgaz” AJning asosiy maqsadi ham mamlakatimiz gaz tarmog‘idan samarali foydalanish va milliy taraqqiyotni yanada yuksaltirish borasidagi saʼyi-harakatlarga munosib hissa qo‘shishdan iborat.

Inson kapitalini mustahkamlash gaz sektori salohiyatini yanada kengroq ochish istiqbollarini ochiradi. Bugungi kunda gaz sanoati tarmog'ida sohani malakali, qobiliyatli va yaxshi boshqariladigan mutaxassislar bilan yaxshiroq ta’minlash uchun samaradorlikni baholash, malaka oshirish va vorislikni rejalashtirish bilan bog‘liq inson resurslari jarayonlarini modernizatsiya qilish zarurati mavjud.

Shu munosabat bilan jamiyat rahbariyati va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining bevosita ko‘magi hamda hamkorlikdagi sa’yi-harakati bilan istiqbolli mutaxassislarning o‘z-o‘zini anglashi va kasb-hunar egallashini tizimli qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida muntazam treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.


Uch kun davomida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari agentligi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining professional murabbiylaridan biri Raʼno To‘raxo‘jayeva tomonidan treninglar o‘tkazildi. Treninglarda yosh istiqbolli mutaxassislar, jumladan jamiyat tasarrufidagi (respublikamizning 12 viloyatida joylashgan) tarkibiy bo‘linma va tashkilotlarining mutaxassislari ishtirok etdi. Ular uchun mazkur o’quv o‘z vaqtida va samarali o‘tkazilgan mashgulot sifatida yodda qolarli bo’ldi.

Biz ishonamizki, kompaniya mablag‘larining bunday sarmoyasi - iqtisodiyot, kasbiy rivojlanish, oila va boshqalar kabi sohalarda Yoshlar sektoriga yo‘naltirilgan bunday investitsiyalar, katta daromad keltiradi. Biz asosan inson kapitaliga sarmoya kiritish haqida yoki mamlakat kelajagi haqida so’z yuritar ekanmiz, bunday treninglar muntazam o‘tkazilishiga umid qilamiz. 

 “O‘ztransgaz” AJ Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi S.Haydarov

Возврат к списку