Ishchi guruhi qish mavsumiga tayyorgarlikni o‘rganmoqda
Uztransgaz
26.08.2022
“O‘ztransgaz” AJ Markaziy apparati xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhlar tashkilotga tegishli boshqarmalarda 2022/23-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanday ketayotgani o‘rganishlar boshladi.

Ishchi guruhlardan biri “Urganchtransgaz” UK faoliyati bilan tanishmoqda. Bunda kuz-qish davrida magistral gaz quvurlari va inshootlaridan samarali hamda ishonchli foydalanishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq hajmlarda bajarilishini ta’minlash qanday ketayotganligiga e’tibor qaratilmoqda.
Avval xabar qilinganidek, “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi B.Narmatov buyrug‘i bilan 2022/2023-yil kuz-qish davriga tayyorgarlik qay yo‘sinda ekani, yil boshida tasdiqlangan rejaga nisbatan ishlar qay darajada bajarilganini aniqlash maqsadida ishchi guruhlar tuzilgan edi.
Ishchi guruh rejalar bajarilishini monitoring qilib, har bir ob’ektda bajarilgan ishlarni baholaydi hamda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi.