jins

Uztransgaz

09.09.2020

     Energetika vaziri Alisher Sultonov boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyatida joylashgan Xo‘jaobod gazni yer ostida saqlash inshooti(GEOSI)da ham bo‘ldilar. “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisi U.Sayidov va boshqa mutasaddilar hamrohligida amalga oshirilgan tashrif davomida GEOSIda 2020/2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jarayoni bilan bevosita tanishdilar. Ma’lumot berilganidek, mazkur inshootda kuz-qishga tayyorgarlik jarayonlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda. Korxonadagi muhim yangiliklardan biri bu tizim faoliyati uchun o‘ta muhim bo‘lgan texnologik jarayon – dvigatel gazoturbinasini ta’mirlash ishlarining nihoyasiga yetkazilganligidir. Ayni kunlarda ushbu Kompressor stansiyasida Germaniyaning "ONS Trade Engineering" MChJ va “O‘ztransgaz” AJning dvigatel tamirlovchi mutaxassislari hamkorligida gazdvigateli ta’mirlanib, ishga tushirish jarayoni ketmoqda. Hozirgi kunda bitta dvigatel orqali kuniga 2-2,5 mln m3 tabiiy gaz omborga haydalayotgan bo‘lsa, navbatdagi dvigatelning ishga tushirilishi natijasida bu ko‘rsatkich 4,5-5 mln m3 gacha yetkazilishi mumkin. A.Sultanov inshootda xorijiy hamda mahalliy mutaxassislar bilan suhbatlashdi va tizimni qisqa muddatlarda xavfsiz ishlashini taminlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

c7cdddb09056dec94f8a5.jpg


     Ushbu GEOSI Farg‘ona vodiysi viloyatlari aholisini va halq xo‘jaligi ob’ektlarini qish mavsumida tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida Andijon viloyatidagi “Xo‘jaobod” neft-gaz konining ishlab tamom bo‘lgan qatlamlari bazasida 1996-1998 yillarda qurilgan. Kompressor stansiyasiga ega bo‘lgan inshootda sig‘imi 900 mln. m3 bo‘lgan yer osti gaz ombori, gaz xaydash agregatlari mavjud. “Xo‘jaobod” GEOSI kompleksi umumiy quvvati 42300 kVt bo‘lgan kompressor stansiyasi va ikkita gaz to‘plash punktlarini mujassamlashtirgan bo‘lib 62ta gaz qudug‘idan foydalanadi.

0b1e37b26465293cf202a.jpg


     “Xo‘jaobod” GEOSIda asosan bahor-yoz mavsumida kompressor stansiyasiga 20-25 atmosferagacha bosimda tabiiy gaz qabul qilib olinib, miqdori o‘lchanadi, suyuqlik va har xil mexanik zarralardan tozalanadi. Gazni bosimi 250 atmosferagacha ko‘tarilib, sovutilgandan so‘ng gaz quduqlariga xaydaladi. Shu tariqa gaz quduqlari orqali xaydalgan gaz yer osti qatlamlarida jamlanadi. Kuz-qish mavsumida yer osti qatlamlarida to‘plangan gaz zahirasi yana quduqlar orqali gaz to‘plash punktlarida yig‘ilib, gazni tayyorlash sexiga uzatiladi. U yerda gaz past xaroratli separatorlarda tozalanib, quritilib, magistral gaz quvurlariga uzatiladi.


Возврат к списку