jins

Uztransgaz

14.10.2025

"O‘ztransgaz" AJ Ijroiya apparati Kasaba uyushmasi tomonidan ishchi-xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun navbatdagi madaniy tadbir tashkil etildi. Uning ishtirokchilari Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida “Qaynona” spektaklini tomosha qilishdi. 

Tadbir maqsadi – mehnat jamoasi o‘rtasida ijobiy muhitni kuchaytirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, maʼnaviy hordiq chiqarish hamda teatrlashtirilgan sahna asarlarini tomosha qilish asnosida estetik did va ijodiy tafakkurni yuksaltirishdan iborat.

Bu esa, "O‘ztransgaz" AJ tizimida nafaqat ish jarayonidagi samaradorlikka eʼtibor, balki xodimlarning maroqli dam olishi va maʼnaviy yuksalishini taʼminlash borasida izchil ishlar amalga oshirilayotganiga bir misoldir.


Возврат к списку