jins

Uztransgaz

16.11.2022

Bugun 16-noyabr kuni AOKAda  bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanda shu mavzuda so‘z yuritildi.

Tadbirda Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari rahbarlari va masʼullari qatori "O‘ztransgaz" AJ masʼullari ham ishtirok etdilar. Jurnalistlar savollari bugungi kunda yurtimizda elektr energiyasi tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotining qay darajada ekanligi va mavjud muammolarning yechimi borasida qilinayotgan ishlar haqidagi savollariga mutasaddilardan javob oldilar. Ochiq savollarga aniq javoblar berildi. Taklif va mulohazalar kelgusida ijro uchun qayd etildi.  

Anjumanda taʼkidlanganidek, joriy yil kuz-qish davrida isteʼmolchilarga jami 26,3 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Shundan 9,3 mlrd kub metr hajmda aholi isteʼmolchilariga va 17 mlrd kub metri – iqtisodiyot tarmoqlariga yetkaziladi.

Suyultirilgan gaz taʼminoti tizimidagi 85 ta gaz to‘ldirish punkti hamda 1058 ta gaz tashuvchi va tarqatuvchi avtotransport vositasining doimiy texnik soz holatda ishlashi taʼminlangan.  Bugungi kunda O‘zbekistondagi mavjud elektrning 90 foizi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Buning qariyb 85 foizi tabiiy gaz vositasida.

Masalan, 2016-yilgacha O‘zbekistonda bitta Navoiy issiqlik elektr stansiyasida zamonaviy bug‘-gaz issiqlik stansiyasi qurilgan  bo‘lsa, keyingi yillarda Navoiyda, Tallimarjonda, To‘raqo‘rg‘on elektr stansiyasida, Taxiatosh elektr stansiyasida va Toshkent elektr stansiyasida hammasi bo‘lib 8 ta bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi. Bularning barchasi davlat investitsiyasi hisobidan qurildi.

Возврат к списку