Jamiyat tizimida siyosiy o‘quv tadbirlari o‘tkazildi
Uztransgaz
13.07.2023
"O‘ztransgaz" AJ tizimida ishchi-xodimlarning huquqiy bilim darajasini oshirish maqsadida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mamlakatimizda joriy yil 25 maydan amal qilayotgan "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlab o‘tkazilgan siyosiy o‘qishlar ham shular jumlasidan.

Tizim korxonalarida o‘tkazilgan tadbirlarda ushbu qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish bilan bog‘liq munosabatlar, shuningdek, sohaga mas’ul organlarning vakolatlari belgilangani va unda ko‘zda tutilgan talablar tushuntirildi.