jins

Uztransgaz

14.10.2025

"O‘ztransgaz" AJ tizimida inson resurslarini boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va raqamlashtirish jarayonlariga oid masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Jamoatchilik kengashi raisi L.Sharipova so‘zga chiqib, tashkilotda kadrlar faoliyatini zamon talablari asosida isloh qilish va raqamli tizimga o‘tkazishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Boshqaruvi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mohirjonov HR jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Taʼkidlanishicha, loyiha doirasida jamiyatda yagona elektron maʼlumotlar bazasi yaratiladi. Xodimlarning mehnat faoliyati, malaka oshirish va rag‘batlantirish jarayonlari onlayn tarzda kuzatib boriladi. Shu orqali kadrlar boshqaruvidagi ortiqcha qog‘oz aylanmasi qisqaradi va maʼlumot almashinuvi tezlashadi. 

Yig‘ilishda raqamli HR tizimini joriy etishning amaliy jihatlari, tizimni ishga tushirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar ham bildirildi. 

Jamoatchilik kengashi aʼzolari tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar. Raqamlashtirish nafaqat kadrlar faoliyatini samarali boshqarish, balki jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashda muhim qadam bo‘lishi taʼkidlandi. Tadbir yakunida loyihani amalga oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, ichki normativ hujjatlarni raqamli tizimga moslashtirish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab olindi.

Возврат к списку