Jamoaviy sport - hamjihatlikni mustahkamlaydi
Uztransgaz
03.07.2025
"O‘ztransgaz" AJ tizimida ishchi-xodimlar ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sport tadbirlarini o‘tkazish anʼana tusiga kirgan. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "Yoshlar forumi" dasturida ham futbol jamoaviy sport turi bo‘yicha "Yoshlar kubogi" musobaqalari tashkil etildi. Bellashuvlar murosasiz bahslarga boy o‘tdi. Qizg‘in o‘tgan futbol musobaqasi yakunida g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Respublikamiz Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi 421-son Qarorida Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa korxonalar mehnat jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollik darajasini oshirish ko‘zda tutilgan. Bu jarayonda ishchi-xodimlarni jamoaviy sport turlariga jalb qilish uchun zarur sharoitlarni yaratish ham belgilangan.

"O‘ztransgaz" AJ ishchi-xodimi o‘rtasida tashkil etilayotgan sport tadbirlari mazkur hujjat ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu esa jamoaviy sport turlari bilan shug‘ullanish qamrovi kengayishiga xizmat qiladi.