JARAYON
Uztransgaz
11.09.2025
Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi tasarrufidagi "Sirdaryo–ToshGRES" magistral gaz quvuri muhim tarmoqlardan biri hisoblanadi. Uning 183-kilometrida yangi qurilayotgan temir yo‘l bilan kesishuv joyida g‘ilof o‘rnatilib, temir yo‘l ostidan o‘tkazildi.
Shuningdek, quvurning “Chirchiq” daryosi bilan kesishgan joyida suv yuvib ketgan qismi qayta tiklandi.
Yakunlangan ishlar gaz uzatish barqarorligini saqlash va iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish ishonchliligini oshiradi.