Jarayon
Uztransgaz
24.08.2023
Shu kunlarda "O‘ztransgaz" AJ tizim korxonalarida kuz-qishga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Qo‘ng‘irot tumanida “Qoraqalpog‘iston” gaz o‘lchash stansiyasining qurilishi, “Xiva-Beyneu” magistral gaz quvurining 290-311 kilometrlari, “Buxoro-Ural” magistral gaz quvurining I-II tarmog‘i 640-641 kilometr uchastkalari va II tarmog‘i 472-528 kilometrlarida quvur ichki yuzasi diagnostikasini o‘tkazish hamda aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish tadbirlari shular jumlasidan.

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari v.b A.Isoqjonov hamda Boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b. X.Xamidov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari bilan borib, ushbu ishlar jarayonini bevosita kuzatmoqda. Safar davomida ular shuningdek, “Buxoro-Ural” magistral gaz quvurining yangi 22 km uzunlikda IV tarmog‘i 528-550 km qismini qurishi obyektlarida olib borilayotgan qurilish-montaj jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi.

Quruvchilarni zarur jihozlar bilan o‘z vaqti ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.