Jarayon
Uztransgaz
27.10.2023

G‘allaorol MGQB yuqori bosimli "BGR TBA-A" magistral gaz quvurining 160 km qismiga xizmat ko‘rsatadi. Quvur II tarmog‘ining 303-304-kilometrlari oralig‘idagi maʼnan eskirgan 430 metr nuqsonli qismi boshqarma ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda yangisiga almashtirildi. Payvand choklari "Urganchtransgaz" UK xodimlari tomonidan maxsus laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi. Hozirda tarmoq ishchi holatida.

