jins

Uztransgaz

22.07.2022

Gazli MGQB Qizilqum cho‘llaridan o‘tgan magistral gaz quvurlari hamda shaharcha tevaragida joylashgan gaz siquv kompressor stantsiyalariga ham xizmat ko‘rsatadi. Yozning jazirama kunlarida esa, xodimlar sog‘lig‘i boshqarma tibbiy mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat qilib turilibdi.   

Shu bilan birga,  5"A" siquv kompressor stantsiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ham olib borilyapti.  5"A" SKS 1989-yil qurilgan bo‘lib, unda 6 ta NK-12 ST gaz haydash agregati mavjud. Har bir agregat quvvati 6300 kVt.  Stantsiya quvvati 37 800 kVt.  

Ish unumdorligi 1-pog‘ona SPCh-41da – 10 mln m³/sutka. 2-pog‘ona SPCh-56da -10, 3 mln m³/sutka. 1-pog‘ona gazning kirish bosimi – 23-24 kg/sm².ni tashkil etadi. Chiqish bosimi – 35-36 kg/sm².dan iborat. 2-pog‘ona gazning kirish bosimi – 32-34 kg/sm².dir.  Bu yerda chiqish bosimi – 50-52 kg/sm². Hozirda 1-sonli GHA da PNU moylash nasosi ta’mirlanmoqda.


Возврат к списку