jins

Uztransgaz

14.02.2020

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi sement zavodi ishchi-xodimlari haq to‘lanmaydigan mehnat ta’tiliga chiqarilganiga oid tanqidiy fikrlar e’lon qilindi.

Maqolaning o‘zidayoq zavod direktori Ismatulla Abdullaevning mazkur chiqishga munosabati berilgan bo‘lib, unda yanvar oyida texnologik tizim vaqtincha to‘xtatilgani, ishchilar vaqtincha haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarilgani aytilgan. Lekin oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan ishchilarni ta’tilga chiqarilmaganini, ular texnologik tizimdagi ta’mirlash ishlariga jalb etilganini bildirgan. “- 30 yanvardan gaz ta’minoti yo‘lga qo‘yildi va ishchilar ishga chiqmoqda. Faqat ko‘k sement ishlab chiqarish bo‘limida ta’mir ishlari olib borilayotgani sabali, 72 nafar ishchi vaqtinchalik mehnat ta’tilida. Bo‘lim faoliyati yo‘lga tushishi bilan ular ham ishga qaytishadi”, deyilgan ushbu javobda.

Yanvar oyining so‘nggi 5 kunligida respublikamizda ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida tabiiy gazni birinchi navbatda aholiga va ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazib berilganligi sababli ayrim korxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik qisqartirilgan. Jizzaxdagi mazkur sement zavodida joriy yilning yanvar oyidan ichki ta’mirlash ishlari olib borilganligi sababli ham to‘xtab qolgan. 11 fevraldan korxona ishga tushib, tabiiy gazdan to‘liq va uzluksiz foydalanmoqda. 

2020 yilda sement sanoati korxonalariga tabiiy gazni o‘zaro tuzilgan shartnomalar va parametrlar doirasida uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash yuzasidan “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha hududiy gaz ta’minoti filiallariga tegishli ko‘rsatma yuborilgan va sement ishlab chiqarish korxonalarini tabiiy gaz bilan ta’minlash masalasi jamiyat tomonidan doimiy nazoratga olingan.

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati.

Возврат к списку