jins

Uztransgaz

13.08.2024



Gaz taqsimlash stansiyalarini 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumida uzluksiz va bir maromda ishlashini taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlar Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi muhandislik inshootlarida ham qizg‘in davom ettirilmoqda. 

Navbatda, “Shofirkon-1” gaz taqsimlash stansiyasi. Bu yerda texnologik qurilmalar tarmoqdan ajratilgan holda texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, nuqsonlilari taʼmirlanyapti. Ko‘rilayotgan bu choralar kuz-qish mavsumida qurilmalarda yuz berishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy nosozliklarning oldini oladi. 

Shuningdek,  stansiya orqali tabiiy gaz oluvchi Shofirkon tumanidagi 13 500 ta aholi xonadoni va sanoat tarmog‘iga ulangan 6 ta ulgurji isteʼmolchiga gaz uzatish ishonchliligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Возврат к списку