Kadrlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yangi choralar belgilandi
Uztransgaz
28.11.2024
"O‘ztransgaz" AJ tizimida Respublikamiz Prezidentining tegishli farmon va qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga muvofiq, tarkibiy tuzilmalardagi mas’ullarning shaxsiy javobgarligini oshirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Uning doirasida:
- Ijro intizomini mustahkamlash;
- Qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash;
- Mehnatga oid hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish;
- Kadrlar xizmati faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ul xodimlarning malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish rejalashtirilgan. Bu tadbirlar natijasida ish jarayonida shaffoflikni ta’minlash va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga erishiladi. Joriy yilda mazkur yo‘nalishda ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlovchi mas'ullarning malakasi oshirildi.
Jamiyat ijroiya apparati va hududiy korxonalarning mas'ullari ishtirokida videokonferens aloqa shaklida o‘tkazilgan navbatdagi seminarda shaxsiy javobgarlikni oshirish va topshiriqlar ijrosiga e'tibor qaratish haqida so‘z bordi. Unda ta'kidlanishicha, amalga oshirilayotgan mazkur o‘zgarishlar Jamiyat faoliyatining samaradorligini oshirishga, shuningdek, milliy mehnat qonunchiligi talablarini aniq bajarilishiga xizmat qilishi ta'kidlandi.