Kasaba uyushmasi faollari Qashqadaryoda
Uztransgaz
20.09.2021
Birlashgan kasaba uyushma qoʼmita xodimlari, "O'ztransgaz" AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar boshlangʼich kasaba uyushma qoʼmita raislari hamda faollari Qashqadaryo viloyatiga borishdi. “Shoʼrtangazkimyomajmuasi” MChJda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy manfaatlarini himoya qilish va mehnat muhofazasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʼrnatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Korxonada ijtimoiy sherikchilik mexanizmi orqali xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasi yoʼlida olib borilayotgan ishlar, hamda kasaba uyushma tashkilotida ish yuritishni samarali tashkil etish boʼyicha fikr almashildi. Korxona mehnat muhofazasi boʼlimi mutaxassisi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, xodimlarga xavfsiz, normal mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat muhofazasi holatini yaxshilash, xodimlarning bu boradagi bilimlarini oshirish, ularni sifatli maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan oʼz vaqtida taʼminlash boʼyicha maʼlumot berdi.

Sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish masalalari ham nazardan chetda qolmadi. Korxonada xodimlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, suzish havzalari va boshqa turli sport-sogʼlomlashtirish komplekslariga tashriflari yoʼlga qoʼyilgan. Tadbir ishtirokchilari korxonaga qarashli muzey, “Erkatoy” MTM, “Lochin” bolalar dam olish oromgohi, “Medservis” sihatgohi, “Karshitermoplast” korxonasi, “Geolog” MSSMlarda boʼlib, majmua ishchi-xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Tajriba almashish davomida boshlangʼich kasaba uyushma tashkilotlari yetakchi va faollari oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Muhokamalar chog'ida ishtirokchilar oʼz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir dasturidan oʼrin olgan Qashqadaryo viloyatidagi tarixiy obida va qadamjolarga sayohat ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.