Xusanov Akmal Ishmuratovich, 50 yoshingiz muborak!
01.09.2021

Qadrli, Akmal Ishmuratovich!
Sizni soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan malakali mutaxassis sifatida mehnat qilayotgan fidoyilardan deb bilamiz!
Magistral gaz quvurlari tizimi respublikamiz iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shuvchi tarmoq bo‘lish bilan bir qatorda, strategik jihatdan ahamiyatga ega sohalardan hisoblanadi. Ushbu tizimni rivojlantirishga hissa qo‘shish yo‘lida olib borayotgan muvaffaqiyatli hamda mas’uliyatli jarayonda Siz mehnat qilayotgan bo‘limning o‘rni muhim albatta.
Akmal Ishmuratovich!
Sizga uzoq-umr, tani-sihatlik, ko‘ngil xotirjamligi va ishlaringizga rivoj tilaymiz!
“O‘ztransgaz” AJ rahbariyati,
Birlashgan Kasaba uyushma qo‘mitasi