jins

Uztransgaz

17.11.2023


Jamiyatda xotin-qizlar ishtirokini va faolligini oshirish maqsadida ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va  salomatliklarini muhofaza qilish masalasiga yurtimizda davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda. "O‘ztransgaz" AJ Xotin-qizlar kengashi Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil qilinayotgan tibbiy ko‘riklar bu boradagi ishlarga aniq misoldir. Tibbiy ko‘rik uchun ko‘chma klinikaning ish joyiga borayotgani esa tizimda mehnat qilayotgan xotin-qizlar uchun yanada qulaylik yaratmoqda.  

Beg‘araz asosda xizmat ko‘rsatayotgan ko‘chma klinika bu safar Gazli va Kogon MGQB ishchi-xodimalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Ko‘rikda tahlil uchun qon topshirish, UTT va shifokorlar nazoratidan o‘tish imkoniyati yaratildi. Shifokorlar tomonidan foydali maʼlumotlar va zarur tavsiyalar berildi.


Возврат к списку