jins

Uztransgaz

14.03.2022

Kogon MGQBda  "2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturini  bajarish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda dastur doirasida boshqarma tizimida qilinadigan ishlarning amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, joriy yil boshqarmada energiya tejamkorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga o‘tish, muhandis va xodimlarning ish sharoitini yaxshilash maqsadida qurilayotgan yangi binoni muvaffaqiyatli yakunlash, 10 ta GTSni kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish, mavjud muammolarini hal etishga ko‘maklashish, madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etish va boshqa tadbirlar ham rejalashtirilgan. "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 5000 tup ko‘chat ekish ham belgilangan bo‘lib, shu kunlarda bu xayrli ish uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Возврат к списку