jins

Uztransgaz

06.06.2022

Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli “Navoiy-1” gaz taqsimlash stansiyasi 1973-yilga ishga tushirilgan bo‘lib, "Navoiyazot" AJ korxonalariga tabiiy gaz yetkazib beradi. O‘tgan vaqt mobaynida stansiya qurilmalari taʼmir talab bo‘lib qolgan edi.  “O‘ztransgaz” AJning tegishli topshirig‘iga ko‘ra stansiyada tezkor kapital taʼmirlash ishlari bajarildi. 

Nuqsonli berkituvchi moslamalar, bosim rostlagich va eshik valflarini almashtirish, yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush hodisa va favqulodda to‘xtalishlarning oldini olish hamda GTSni kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida amalga oshirilgan muhim tadbirga Kogon, Gazli va Zirabuloq MGQBlarining 30 nafardan ziyod mutaхassislaridan iborat ishchi guruh va 10 dan ortiq maxsus texnika jalb qilindi. Olovli ishlar 2 kecha-kunduz  mobaynida uzluksiz davom ettirildi va  taʼmirdan chiqarilgan GTS ishga tushirildi.


Возврат к списку