Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasining “KS-1” kompressor stansiyasida ishlar qizg‘in davom etmoqda
Uztransgaz
20.10.2022
Xabar berilganidek, Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasining “KS-1” kompressor stansiyasida 2022-yil 11-iyun kuni texnogen tusdagi favqulodda vaziyat ro‘y bergan edi. Hodisa oqibatida yetkazilgan talafotlarni bartaraf qilish maqsadidagi ishlar qizg‘in davom ettirilyapti.

Shu paytgacha stansiyaning poydevor qismi bitkazildi. Metall konstruksiyalarini montaj qilish pudratchi tashkilot tomonidan bajarilmoqda. Ishlar 2 navbatda tashkillashtirilgan bo‘lib, 60 nafarga yaqin mutaxassis 20ga yaqin maxsus texnikadan foydalanib mehnat qilmoqda. Stansiyaga I dvigatel o‘rnatildi, II tez orada o'rnatiladi. Mavjud quvurlarini taʼmirlash ishlari yakuniga yetib qoldi.