Kogon MGQB tomonidan 1038 km uzunlikdagi magistral gaz quvurlariga xizmat ko‘rsatiladi va Buxoro hamda Navoiy viloyatlariga tabiiy gaz yetkazib beriladi
Uztransgaz
07.09.2022

Ayni kunlarda boshqarmaning 1- kompressor stansiyasida bo‘lim mutaxassislari tomonidan nuqsonli berkituvchi va ochuvchi moslamalarni taʼmirlash hamda taftish qilish ishlari olib borilyapti. Inshootni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqilgan reja doirasida amalga oshirilayotgan bu chora-tadbir isitish mavsumida stansiyaning barqaror ishlashiga zamin yaratadi.


