Kogon MGQBda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Uztransgaz
21.12.2023

Kogon MGQBda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. “Zilzila oqibatida yuzaga kelgan avariyani bartaraf etishda FVDqT xizmatlari kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusidagi mashg‘ulotda tabiiy va texnogen holatlarda ishchi xodimlarning harakatlanishi yana bir sinovdan o‘tkazildi. To‘g‘ri amallar ijobiy baholanib, ayrim juzʼiy kamchiliklar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.



