jins

Uztransgaz

26.08.2022


Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi xodimlari tasdiqlangan reja jadvali asosida quvur ichki tozalash ishlarini amalga oshirdi. Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent magistral gaz quvuri yo‘nalishidagi, diametri 720 millimetrli I tarmoq hamda diametri 1020 millimetrli II tarmog‘ining 64-140-kilometrlaridagi quvurlarning ichki yuza qismi tozalandi. Bundan tashqari, tozalash filьtrlari va o‘lchov majmualarining drenaj tizimlari ham tekshirildi. 

Shu bilan birga, Kogon MGQB qarashli gaz taqsimlash stantsiyalar bo‘lim mutaxassislari tomonidan nosozlik vaqtida berkituvchi va ochuvchi moslamalar, bosim rostlagichlarni ta’mirlash, nosozlarini almashtirish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya va noxush hodisalarning oldini olish hamda gaz taqsimlash stantsiyalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari davom etmoqda.

Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan esa, Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent magistral gaz quvurining (DBST) 289-kilometrida nuqsonli quvurlarni almashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu, o‘z navbatida, magistral gaz quvurlarining ku-qish mavsmida barqaror ishlashini ta’minlaydi.


Возврат к списку